Andijonda uchta avtomobil to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Kecha, 4 aprel kuni soat 15:30 larda Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida 2002 yilda tug‘ilgan G.A. Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan va o‘z yo‘nalishida qarshisidan kelayotgan haydovchi A.B. boshqaruvidagi Damas bilan to‘qnashgan.

Damas avtomashinasi to‘qnashuv oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda yonma-yon kelayotgan 1990 yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvidagi Moskvich-412 rusumli avtomashinasiga borib urilgan.

Ushbu YTH oqibatida Cobalt haydovchisi A.G. “Bosh chanoq suyagining yopiq sinishi, ko‘krak qafasining ezilishi”, Damas haydovchisi A.B. “Bosh chanoq suyagining hamda o‘ng yelka va o‘mrov suyaklarining yopiq sinishi”, Damas yo‘lovchisi 1995 yilda tug‘ilgan A.O. “Chap oyoq boldir suyaklarining yopiq sinishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, Cobalt haydovchisi G.A. va Damas haydovchisi A.B.lar shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘linmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 aprel kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida 15 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made