O‘zbekistonda yil oxirigacha benzin narxi oshirilmaydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2020 yil oxirigacha avtomobillar uchun yog‘ilg‘i va gazning narxi oshirilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xabar berdi. 

“Benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni oxirgi iste’molchiga sotishda belgilangan aksiz solig‘i stavkasi yil oxiriga qadar o‘zgarishsiz qoladi. 
2020 yilning byudjet qonunchiligiga ko‘ra, u 1 apreldan oshishi kerak edi. Shuningdek, alkogol mahsulotlari uchun ham aksiz solig‘ining amaldagi stavkasi qoladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun bilan ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga) aksiz solig‘i stavkalarida yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan gaz – 22,8 foizga, siqilgan gaz – 14,9 foizga oshishi belgilangan edi. Bunda yakuniy iste’molchi deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz sotib oladigan yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avtomobillar yoqilg‘isi so‘nggi bor 2019 yilning 15 avgustidan oshirilgan edi. 

Avtobenzin va dizel yoqilg‘isi aksiz solig‘ini hisobga olgan holda quyidagi narxlarda sotilmoqda:

•    AI-80 avtobenzin – 1 litr uchun 4 500 so‘m (hozir 4 000 so‘m);

•    Dizel yoqilg‘isi – bir litr uchun 5 700 so‘m (hozir 4 800 so‘m);

•    EKO dizel yoqilg‘isi – bir litr uchun 5 700 so‘m (hozir 4 900 so‘m).


Maqola muallifi

Teglar

benzin dizel'

Baholaganlar

181

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made