+16. Koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasiga chalingan yana 16 nafar bemor aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

2020 yil 25 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3180 nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aniqlanib, ulardan 3 nafari xorijdan kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchilari (ulardan 2 nafari ukrainalik), 1 nafari chegara bojxona posti xodimi. 5 nafari esa Samarqand viloyatida aniqlangan. Ularning 4 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib yuqtirgan. 1 nafari esa aholi orasidan aniqlangan. Hozirda epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda. Yana 1 nafar Toshkent viloyatida chegara bojxona posti xodimida aniqlangan. Qolgan 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etildi.

Hozirda mamlakatda 602 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha bemorlarning 2565 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing