Tojikiston chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytiradi

Olam

image

Tojikiston Respublikasi mamlakatda bo‘lib turgan chet el fuqarolarining viza va ro‘yxatda turish muddatlarini uzaytiradi. Bu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ham tegishli. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda Tojikiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning viza va ro‘yxatda turish muddatlari epidemiologik vaziyat barqarorlashganicha uzaytirilishini ma’lum qildi. 

Tojikiston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari viza muddatini uzaytirish uchun Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining Bosh konsullik boshqarmasi va Sug‘d viloyatidagi Vakolatxonasiga, ro‘yxatda turish muddatini uzaytirish uchun esa Tojikiston Ichki ishlar vazirligining Pasport-ro‘yxatga olish xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing