Nexia va Lacetti to‘qnashuvi natijasida 25 yoshli yigit yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 15 aprel kuni soat 21:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Turkiston” qishlog‘i hududida Nexia va Lacetti avtomobillari to‘qnashuvi yuz berdi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

1995 yilda tug‘ilgan haydovchi I.A. Nexia avtomobilini harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz boshqarayotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan. Oqibatda qarshisidan o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi M.N. (1968 y.t.) boshqaruvidagi maxsus stikersiz Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuvda Nexia yonib ketgan va natijada, uning haydovchisi I.A. YTH joyida vafot etgan, ikkinchi yengil avtomobil yo‘lovchisi D.N. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

399

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing