Amir Temur ko‘chasida haydovchilar uchun navbatdagi qulaylik yaratildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha qayrilib olish joyi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu joy, Amir Temur ko‘chasi, Moliya instituti binosining asosiy darvozasi oldida ochilgan.

Yangi qayrilib olish joyining ochilishi, avval mavjud bo‘lgan tirbandliklarning qisman kamaytirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab, Osiyo ko‘chasi tomondan harakatlanishda Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasiga yetmasdan 90 metr masofada avtomobillar uchun qayrilib olish joyi ochilgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Amir Temur ko'chasi

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made