Yong‘in 8 kishining umriga zomin bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 15 sentyabr kuni Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida turar-joy binosida yong‘in chiqdi. Unda sakkiz kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning to‘rt nafari voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

Yong‘in Gusarova ko‘chasi, 23-uyda joylashgan besh qavatli turar-joy binosida sodir bo‘lgan. Birinchi o‘t o‘chirish xizmati kelganida, uchinchi qavatdagi derazadan ochiq alanga paydo bo‘ldi.

Yong‘in soat 01:04 (Toshkent vaqti bilan) sodir bo‘lgan. Soat 01:36da (Toshkent vaqti bilan) bartaraf etildi. Yong‘inni bartaraf etishga 43 kishi va 16 dona texnika jalb qilingan.

O‘t o‘chiruvchilar sakkiz kishining, shu jumladan to‘rt nafar bolaning jasadini topdi.  Halok bo‘lganlar  orasida xonadon egalari va ularning mehmonlari bo‘lgan.

Yong‘inning asosiy sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi ekani aytilmoqda. 

Mutaxassislarga ko‘ra,  bir nechta maishiy texnika bitta tarmoqqa ulangan va elektr tarmog‘i buni ko‘tarolmagan. Shundan so‘ng qisqa tutashuv sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan.
 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in elektr simlarining

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing