Alisher Usmonov rossiyalik milliarderlar to‘qqizligida qayd etildi

Olam

image

Jahonga mashhur Forbes nashrida Rossiyadagi eng boy tadbirkorlar reytingi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov reytingning to‘qqizinchi pog‘onasida qayd etilgan. Uning umumiy boyligi 12,6 mlrd dollarga baholangan.

Shuningdek, reytingning 18 pog‘onasidan boshqa bir o‘zbekistonlik Iskandar Mahmudov joy egalladi. Hozirda uning boyligi 6,6 mlrd dollar tashkil etmoqda.

Boyligining miqdori bo‘yicha rossiyaliklar orasida Leonid Mixelson 24 mlrd dollar bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida Vladimir Lisin 21,3 mlrd dollar bilan qayd etilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rindagi Vagit Alekperovning boyligi 20,7 milliard dollarga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Forbes Iskandar Mahmudov

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing