Kuba Prezidenti Rossiya va Lukashenkoning tarafdori ekanini ochiqladi

Olam

image

Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel kecha, 22 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining umumsiyosiy munozaralarida so‘zga chiqib, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi va Sharqiy Yevropada NATOni kengaytirishga urinishni qoraladi

"Biz Rossiya chegaralarigacha NATOning ishtirokini kengaytirish hamda ushbu davlatga qarshi bir tomonlama va adolatsiz sanksiyalarni qo‘llash taklifini qabul qilmaymiz", degan Dias-Kanel.

Dias-Kanel bir vaqtning o‘zida BMTni zudlik bilan isloh qilish va demokratlashtirishni talab qildi. Uning ta’kidlashicha, BMT Nizomida belgilangan tamoyillar har kuni buziladi. 

Shuningdek, Kuba rahbari Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan birdamligini bildirdi. Lukashenkoni mamlakatning qonuniy rahbari deb atadi va respublika ishlariga aralashishni qoraladi.

Avvaroq, Argentina Prezidenti Alberto Fernandes ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi videomurojaatida tashkilotni zamonaviy dunyoning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun isloh qilishga chaqirgandi.

Ma’lumot uchun, BMT Bosh Assambleyasining umumsiyosiy munozaralari joriy yilning 22-29 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing