Samarqandda yangi suv ombori qurilishi boshlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida “Bulung‘ur” suv ombori qurilishi boshlandi. Bu haqda Zarnews xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni kunlarda Bulung‘urda “O‘zmaxsussuvqurilish” davlat korxonasi, “Zarafshonmaxsussuvqurilish”, “Boyovutdavsuvmaxsuspudrat”, “Yozyovonmaxsussuvqurilish” davlat unitar korxonasi kabi o‘nlab suv qurilishi korxonalarining 100 ga yaqin ekskavator va buldozerlari yer qazish va tekislash ishlarini boshlab yuborgan.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 11 yanvarida Samarqand viloyatiga amalga oshirgan tashrifida ushbu suv omborini qurish taklifini bildirgandi. Loyihaviy hajmi 100 million metr/kubni tashkil etadigan mazkur suv ombori uchun suv olish manbaini asosan qish mavsumida Bulung‘ur tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanallar hamda sel oqimi oqibatida hosil bo‘ladigan suvlar tashkil etadi. Qurilish ishlari 2021 yilda tugallanadi. Suv omborining ishga tushirilishi bilan Ishtixon, Payariq va Bulung‘ur tumanining 35,8 ming gektar suvli va lalmi yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan dehqon-fermerlari uzluksiz suv bilan ta’minlanadi”, deydi “Samarqandsuvqurilishinvest” davlat unitar korxonasining birlashgan loyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Jo‘rabek Berdimurodov.

Ma’lumot uchun, “Bulung‘ur” suv omborini qurish uchun 163.3 mlrd. so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

suv ombori

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing