“Barselona” yarim finaldagi “final” g‘olibi

Sport

image

Kecha, 1 may tunda Yevropa Chempionlar ligasining ikkinchi yarim final o‘yini o‘tkazildi.

Muhtasham “Kamp Nou” arenasida bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egali – “Barselona” futbolchilari bu mavsum YeCHL kubogiga asosiy davogar ekanliklarini isbotladi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Luis Suares katalonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkin taymda jamoa afsonasi Lionel Messi 75 va 81-daqiqalarda dubl qayd etib, yirik hisobdagi g‘alabani taminladi.

“Liverpul” futbolchilari bu bahsda javobsiz 3 ta gol o‘tkazib yuborganliklari uchun finalga chiqish imkoniyatlarini biroz pasaytirib qo‘ydi. Lekin bu jamoada hali hamon umid chirog‘i miltillab turganini aytish lozim. Sababi bu mavsumda “qizillar” dahshatli “Enfild”da biror marta ham mag‘lub bo‘lganlari yo‘q. “Liverpul” 7 may oqshomida o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi.

“Barselona” – “Liverpul” 3:0 (1:0, 2:0).

Barselona shahri, “Kamp Nou” stadioni.

Gollar: 1:0 – Luis Suares (26), 2:0 – Lionel Messi (75), 3:0 – Lionel Messi (81).

“Barselona”: Ter Shtegen, Pike, Rakitich, Serxio, Koutino (Semedu, 60), Suares (Dembele, 90), Messi, Langle, Alba, Roberto (Alenya, 90), Vidal.

“Liverpul”: Alisson, Gomes, Matip, Van Diyk, Robertson, Fabino, Milner, Viynaldum (Firmino, 78), Keyta (Xenderson, 24), Mane, Saloh.

Ogohlantirishlar: Langle (39), Fabino (80).


Maqola muallifi

Teglar

Barselona EChL Liverpul'

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing