Endi energetik ichimliklar soat 07:00dan 22:00ga qadar reklama qilinmaydi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda energetik ichimliklarni reklama qilishda cheklovlar o‘rnatiladi.

Jumladan, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun 221-modda bilan to‘ldirilib, bunday ichimliklar reklamasida ularni haddan ziyod iste’mol qilishning zararlari to‘g‘risidagi ogohlantirish, shuningdek, iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot bo‘lishi kerakligi belgilandi.

Qonunga ko‘ra, soat 7:00 dan 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish, reklama maqsadida bunday ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish, shuningdek, ularning nomi, tovar belgisi yoki tasviridan foydalanib, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan tadbirlarga homiylik qilish taqiqlanadi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni tarqatish, jumladan, sotish, bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma nashrlarda, shuningdek, tibbiyot, sport hamda ta’lim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

energetik ichimliklar

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing