Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tegishli bino yonib ketdi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Olmaliq shahar 1-Oxunboboyev ko‘chasida joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga qarashli “Qalmoqqir” kon boshqarmasi ma’muriy binosi yonib ketdi. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

Yong‘in joriy yilning 3 iyul kuni soat 05:04 da chiqqan. Voqea joyiga 6 ta jangovar avtoekipajlar yo‘naltirilib, ko‘rilgan tezkor xarakatlar natijasida yong‘in soat 06:27 da bartaraf etilgan. Yong‘indan binoning 350 kv metr maydoni saqlab qolingan.

3

Yong‘in natijasida ma’muriy binoning 280 kv metr tom qismi va ichki jihozlari hamda yonida joylashgan YATT S.Saydburxonovga tegishli bo‘lgan oziq-ovqat do‘konining 20 kv metr maydonda tomi, shifti va ichidagi mahsulotlari  yonib zararlangan. 

Yong‘inda insonlarni tan jarohati olishi hamda halok bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmagani aytilmoqda. Yong‘in sababi va  moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Olmaliq kon-metallurgiya kombinati

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made