Poytaxtda 122 000 dona ko‘chat ekilyapti

Jamiyat

image

Toshkentda daraxtlar doim kesilishiga o‘rganib qolganmiz. Yo‘q, bu nobop an’anaga nuqta qo‘yildi. 9-10 mart kunlari Toshkent shahar hokimligi boshchiligida poytaxtda "Yashil tashabbus - 2019" aksiyasiga start berildi.

Bugun erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli 22 ta avtobuslar karvoni tumanlar kesimi bo‘yicha yo‘lga chiqdi. Ularga 30 830 ta turli ko‘chatlar ortilgan.

 

Shuningdek, poytaxtdagi 55 ta mahallaga 8 950, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, shifoxonalarga 49 220 ta, tuman hokimliklari uchun 33 000 ta, jami 122 000 dona ko‘chatlar bepul yetkazib beriladi. 

Ko‘chatlar Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog‘lari, avtomobil yo‘llari atrofiga, e’tibordan chetda qolgan va daraxtlar oz bo‘lgan hududlarga ekiladi

Buning uchun Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi xodimlari jalb etilgan. Mahallalarda ushbu loyiha ko‘ngilli yoshlar, otaxonlar maslahati bilan olib borilmoqda. 

Tadbirlarda xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari va diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etib, "Do‘stlik" madaniyat va istirohat bog‘ida ko‘chat ekishlari nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing