Turk kompaniyasi Olma-ota xalqaro ayeroportini sotib oldi

Olam

image

Turkiyaning TAV Airports Holding xoldingi Olma-ota xalqaro aeroportining yuz foiz aksiyalarini sotib oldi. Bitim qiymati 415 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, TAV Airports’ning konsorsiumdagi ulushi kamida 75 foizni tashkil etadi va aksiyalarni topshirish barcha qonuniy jarayonlar tugagandan so‘ng amalga oshiriladi.

Olma-ota aeroporti TAV Airports Holding sotib olgan 15-aeroport bo‘ldi.

“Qozog‘iston jug‘rofiy va iqtisodiy jihatdan mintaqadagi eng yirik davlatdir. Olma-ota mamlakatning eng katta shahri bo‘lib, u YAIMning 20 foizini tashkil qiladi. Bundan tashqari, u Xitoy, Yevropa va Afrikani bog‘laydigan zamonaviy Ipak yo‘lining markazidir. Shahar yaxshi salohiyatga ega va bilimimizga asoslanib, uni to‘liq foydalanishga harakat qilamiz”, dedi xolding prezidenti va bosh direktori Sani Shener.

Ochiq manbalarga ko‘ra, Olma-ota xalqaro aeroportining 100 foiz aksiyasi Venus Airport Investment B.V’ga tegishli.

TAV Airports Holding kompaniyasi 1997 yilda Tepe va Akfen kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan. Asosiy faoliyati Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroport, Esenboga aeroportining xalqaro terminali (Anqara), Adnan Menderes (Izmir), Gazipasha-Antaliya, Turkiyaning Milas-Bodrum aeroportlaridagi xalqaro terminallarni boshqarish hisoblanadi.

Shuningdek, kompaniya Tblisi aeroporti, Batumi aeroporti, Tunisdagi Habib Burgiba nomidagi Monastir aeroporti va Saudiya Arabistonidagi Medina va Xorvatiyadagi Zagreb aeroportlaridan foydalanadi. 2018 yilda kompaniya 152 million yo‘lovchi va 1 millionga yaqin reysga xizmat ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport Olma-ota

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing