Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirganlar masalasi nima bo‘ladi?

Jamiyat

image

Qo‘shni davlatlardan o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirgan talabalarning masofaviy ta’lim jarayonlarida ishtirok etish bo‘yicha davom etiradi. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxod Babashev AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, qo‘shni davlatdan o‘qishini ko‘chirgan fuqarolar tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari kerak. Shundan so‘ng, rektor farmoyishi bilan masofaviy ta’lim jarayonida ishtirok etishi mumkin.

“Joriy yil 15 fevralgacha hujjat topshirgan talabalar tegishli oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari lozim. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ushbu talabalarning masofaviy ta’lim jarayonlarida ishtirok etish bo‘yicha rektor farmoyishi chiqarilgan. Bu farmoyish bilan OTMning rasmiy veb-sayti orqali tanishish mumkin“, deydi Farxod Babashev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirayotganlar imtihonsiz tegishli bilim yurtlariga qabul qilinishi haqida xabar bergandik.

 

Maqola muallifi

Teglar

Oliy ta'lim

Baholaganlar

251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing