AQSHning sobiq Prezidenti Bush Zelenskiy bilan uchrashmoqchi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Jorj Bush kelasi hafta Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan ochiq onlayn uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda kecha, 10 noyabr kuni CNN telekanali Jorj Bush institutiga tayanib xabar berdi. 

Unga ko‘ra, uchrashuv Dallasda (Texas) ochiq formatda tomoshabinlar ishtirokida bo‘lib o‘tadi, Zelenskiy videoaloqa orqali ishtirok etadi. Bu tadbir AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini davom ettirish zarurligini tasdiqlashga qaratilgan, deya ta’kidlaydi CNN. 

Jorj Bush institutining global siyosat bo‘yicha boshqaruvchi direktori Devid Kramerning aytishicha, Amerika Respublikachilar partiyasining sobiq rahbari “Amerikaning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini davom ettirishni hayotiy muhim” deb biladi. Kramerning so‘zlariga ko‘ra,  “[AQSHning] Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi masalasida partizan kelishmovchiliklarni chetga surish kerak”. 

Oraliq saylovlarda qayta saylangan AQSH Kongressi Vakillar palatasidagi respublikachilar ozligi yetakchisi Kevin Makkarti respublikachilar g‘alaba qozongan taqdirda Kiyevga yordam ajratilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga va’da berdi. Shuningdek, u g‘alaba qozongan taqdirda respublikachilar birinchi navbatda mamlakatning ichki muammolarini hal qilishga, xususan, noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashga e’tibor qaratishini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jorj Bush Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made