AQSHga migrantlar kelmasa, o‘lim tug‘ilishdan oshib ketadi – Kongress

Olam

image

2040 yilga borib AQSHda o‘lim darajasi tug‘ilishdan oshib ketadi va migrantlar oqimi yaxshi bo‘lmasa, mamlakat aholisi kamayib keta boshlaydi. Bu haqda AQSH Kongressi Byudjet byurosining hisobotida aytiladi.

“Prognozlarga ko‘ra, 2040 yildan boshlab o‘lim ko‘rsatkichlari tug‘ilishdan oshadi. Oqibatda immigratsiya yo‘qligi sababli aholi soni kamayishni boshlaydi”, deyiladi Byudjet byurosi hisobotida.

Hujjat mualliflari 2054 yilda AQSHning umumiy davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 172 foizini, yaqin o‘n yil ichida federal qarzi esa 116 foizni tashkil etishini qayd etgan.

Shu bilan birga, o‘tgan yili byuro 2053 yilga borib davlat qarzi hajmi YAIMning 181 foizini tashkil etishini bashorat qilgan edi.

Hujjatda tushuntirilishicha, ekspertlar Prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Amerika iqtisodiyotini barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan qadamlar munosabati bilan kutilgan ko‘rsatkichni kamaytirishga qaror qilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing