AQSHda sifilis bilan kasallanganlar soni rekord darajaga yetdi

Salomatlik

image

2022 yilda Qo‘shma Shtatlarda 200 mingdan ortiq sifilis kasalligiga chalinish holati aniqlandi. Bu haqda Amerika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ma’lumotlariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi

Qayd etilishicha, 2022 yilda mutaxassislar sifilis bilan kasallanishning 207 ming holatini aniqlagan. Oxirgi marta bunday ko‘rsatkich 1950 yilda qayd etilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 83 yil ichida AQSHda sifilis bilan kasallanishning eng yuqori darajasi 1943 yilda sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda mutaxassislar 575 ming infeksiya holatini aniqlagan.

Kasallanish holatlarining minimal soni 2000 yilda (jami 31,6 mingta) qayd etilgan. Biroq, keyinchalik kasallanish darajasi faqat oshdi va 2022 yilda Qo‘shma Shtatlarda o‘tgan yilga nisbatan 17% ko‘proq sifilis bilan kasallangan bemorlar aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, bunga Amerika rasmiylari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga ajratilayotgan mablag‘larning qisqarishi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlarda sifilis tarqalishining tezlashishiga noqonuniy moddalarni iste’mol qiladigan odamlarning ko‘pligi ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun, sifilis jinsiy yo‘l bilan yuqadigan surunkali kasallik sifatida tasniflanadi. U teri va shilliq pardalardan tortib, ichki a’zolar, bo‘g‘imlar, suyaklar, asab va yurak-qon tomir tizimlariga (kasallik bosqichiga qarab) ta’sir qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh sifilis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing