Afsonaviy bokschi saratonga yengildi

Sport

image

Kecha, 1 mart kuni Panamalik mashhur bokschi va sobiq jahon chempioni Eusebio Pedrosa 62 yoshida vafot etdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Sportchi Panamadagi uyida vafot etdi. Pedrosa qolgan umrini oshqozonosti bezi saratoni bilan kurashib o‘tkazdi. Sobiq jahon chempionining vafoti munosabati bilan uning raqobatchisi irlandiyalik bokschi Barri Makgigan hamdardlik bildirdi.

“Men uchun u bilan ringni bo‘lishish baxt edi”, degan Makgigan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Pedrosa 1999 yilda Xalqaro bokschilar shon-sharafi zaliga kiritilgan. U 1978-1985 yillarda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasiga ko‘ra, o‘rta yengil vazn toifasida jahon chempioni unvoniga egalik qilgan. Pedrosa unvonni 19 marta himoya qilgan.

Pedrosa butun karerasi davomida 48 ta jang o‘tkazgan va 41 marta g‘alabaga erishgan. Shundan 25 tasi nokaut evaziga erishilgan. Shuningdek panamalik bokschi olti marta mag‘lubiyatga uchrab, bir marta durrangga imzo chekkan.


Maqola muallifi

Teglar

Eusebio Pedrosa

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar