Afg‘onistondagi terrorchi guruh Tojikiston chegarasini kesib o‘tdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 29 avgustidan 30 avgustiga o‘tar kechasi “Jamoat Ansorulloh”ning 3 nafar a’zosi Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati chegarasini kesib o‘tdi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” nashri xabar berdi.

Terrorchilar 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Tojikistonning Mustaqillik kunida terakt uyushtirishni rejalashtirishgani aniqlanib, kuzatuvga olingan. 5 sentyabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maxsus bo‘linmasi tomonidan terrorchilar yo‘q qilingan. Ulardan 5 dona AK (Vengriya) avtomati, 2 dona M16A4 snayperi, 1 dona M4 tezotar quroli hamda to‘pponcha, portlovchi moddalar va aloqa vositalari tortib olingan.
Aniqlanishicha, halok bo‘lganlar orasida bir qator Tojikiston fuqarolari ham bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Jamoat Ansorulloh” 2006-yilda Amriddin Tabarov rahbarligida tashkil etilgan bo‘lib, hozirda Afg‘onistonning Badaxshon shahrida joylashgan tojik islomiy jangarilik  harakati hisoblanadi. Ushbu harakat dastavval 1997 yilda Tojikistonda fuqarolik urushi tugatilganidan so‘ng, sulhni qabul qilishdan bosh tortgan muxolifat vakillaridan tuzilgani aytiladi.

Asadbek Komilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston Tojikiston terrorchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made