Harbiy qismda karantinga olingan fuqarolarning 7 nafarida koronavirus aniqlandi – Otabekov

Jamiyat

image

Xorazmda harbiy qismda karantinga olingan fuqarolarning 7 nafarida koronavirus aniqlangan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifing vaqtida ma’lum qildi.

“Joriy yilning 22 mart kuni Moskva-Urgench (239 nafar) va Novosibirsk-Urgench (253 nafar) yunalishidagi charter aviareyslarida jami 492 nafar fuqarolar Shovot tumanida joylashgan 49093-sonli xarbiy qismda karantin gospitaliga joylashtirildi.

Joriy yilning 23-24 mart kunlari 49093-sonli xarbiy qismda karantin punktida 492 nafar fuqarolardan COVID-2019 koronovirus kasalligini aniqlash maqsadida namunalar tekshirish uchun olindi.

2020 yil 25-27 mart kunlari virusologik tekshiruvlar natijasiga asosan 7 nafar musbat natija qayd qilindi va u yerdagilar “Yoshlar” va “Hayot-NN” mehmonxonalari, Xonqa sanatoriyasiga, TTA Urganch filiali klinikasiga, TATU Urganch filiali yotoqhonasiga ko‘chirildi”, dedi Nurmat Otabekov.

Inspeksiya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, hozir xarbiy qismda fuqarolar qolmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 1054 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 89 nafari sog‘aygan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor

 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing