Koronavirus xavfi: O‘zbekiston 1 mlrd dollar qarz oladi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 23 nafarga yetdi north_east

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 23 nafarga yetdi

O‘zbekiston Prezidenti “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida 2020 yilda byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSH dollari miqdorigacha tashqi qarz mablag‘larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish choralarini ko‘rishi;

ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish orqali ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar to‘liq to‘lanishini ta’minlash, “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona ma’murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlashi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus oqibatlariga qarshi kurashish uchun 10 trln so‘m ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

qarz koronavirus

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing