O‘zbekistonda Internet tezligi 2.3 barobarga o‘sgani aytilmoqda

Jamiyat

image

2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra “Ookla” kompaniyasi "Speedtest.net" servisi COVID-19'ning global Internet sur’atiga ta’sirini e’lon qildi. Buning natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil Internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

"Jahon miqyosida COVID-19 pandemiyasi sharoitida internetning o‘rtacha tezligi 1 foizga (Fixed Speed Change), mobil Internet tezligi 7 foizga o‘sgan xolos (Mobile Speed Change).

O‘zbekistonda esa internet tezligi 6 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 18 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, oxirgi yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020 yil aprel holatiga Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston 94-pog‘onani egallagan. Ya’ni, bir yil davomida 37 pog‘onaga ko‘tarilgan. O‘zbekistonda oxirgi yil natijalariga ko‘ra internet tezligi qariyb 2,3 barovarga o‘sgan. 2019 yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/s bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil aprel holatiga ko‘ra 25,88 Mbit/s. gacha ko‘tarildi. 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda internet tezligi 27,12 Mbit/s.ni tashkil etdi.

Bundan tashqari oxirgi oy natijalariga ko‘ra mobil internet tezligi ham o‘smoqda. Birgina 2020 yil aprel holatiga mobil Internet tezligi 9,68 Mbit/s. tashkil qilgan bo‘lsa, bir oy ichida mazkur ko‘rsatkich 11,92 Mbit/s.gacha o‘sgani aytilmoqda.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Internet tezligi

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing