Nyu-Yorkdagi Markaziy bog‘da dala shifoxonasi quriladi

Olam

image
Afsonaviy “Marakana” stadionidan boshqa maqsadda foydalanish boshlandi north_east

Afsonaviy “Marakana” stadionidan boshqa maqsadda foydalanish boshlandi

Nyu-York shahridagi Markaziy bog‘ hududiga koronavirus pandemiyasi sababli dala shifoxonasi qurilishi boshlandi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni RIA Novosti nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, shifoxona qurilishi gumanitar xayriya tashkiloti "Samaritan’s Purse"  tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilotning ma’lum qilishicha, shifoxona qurish tunu-kun davom etadi. Shifoxona juda tez muddatda tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Loyiha rahbari Eliot Tenpennining so‘zlariga ko‘ra, shifoxona 68 xonadan iborat bo‘lib, ulardan 10 tasi reanimatsiya uchun jihozlangan.  Shifoxona juda og‘ir holatdagi 10 kishini qabul qila oladi. Unda 60-70 shifokor ishlashi mumkin. Zarurat tug‘ilsa, shifoxona yanada kengaytiriladi.

Nyu-York hozirda Qo‘shma Shtatlardagi COVID-19 epidemiyasining o‘chog‘i hisoblanadi. Metropolisda allaqachon 678 kishi koronavirus sabab vafot etgan, jami 32 308 kasallik holati aniqlangan. Shahar rasmiylari pandemiya eng yuqori cho‘qqisiga chiqishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu jarayon uch hafta ichida sodir bo‘lishi kerak.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 143 025 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 2 514 nafari vafot etgan, 4 865 nafari esa sog‘ayib ketgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York Koronavirus Markaziy bog'

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing