Aeroport “stoyanka”sida o‘g‘irlik sodir etildi

Jamiyat

image

O‘zganing mol-mulkiga ko‘z olaytirish ya’ni o‘g‘rilik qilish shariatimizda ham qoralangan. Qolaversa, o‘g‘rilik jinoyati uchun qonunlarimizda ham munosib jazo tayinlanishi belgilab qo‘yilgan. 

Shu yilning 17 oktyabr kuni taxminan soat 13:00da Sergeli tumanida noma’lum shaxs Islom Karimov nomidagi "Toshkent"xalqaro aeroport yonidagi avtoturargohda bo‘la turib, 40 yoshli M.S. tomonidan qarovsiz qoldirilgan sumkani o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

Jabrlanuvchining gaplariga qaraganda, sumkadan 500 AQSH dollari bo‘lgan. 

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchining shaxsini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Jamoat joylarida shaxsiy buyumlaringizni qarovsiz qoldirmang”, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent xalqaro aeroporti o'g'rilik sodir etildi

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing