O‘zbek sporti og‘ir judolikka uchradi

Sport

image

Bugun, 3 iyul kuni o‘zbekistonlik basketbolchi, SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Ravilya Prokopenko (Salimova) 77 yoshida vafot etdi.

Ravilya Nadjipovna Prokopenko (Salimova) 1941 yil 8 avgust kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi shahrida tug‘ilgan. Faoliyati davomida Ravilya Salimova 2 marta jahon va 4 marta Yevropa chempioni bo‘lgan. “Mehnat Qizil Bayroq” ordeni bilan taqdirlangan.

Ravilya Salimova sportdagi faoliyatini 1958 yilda 16 yoshligida “Tekstilmash” jamoasida boshlagan. Dastlab Tbilisida “A” klassga ko‘tarilish uchun o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etgan. Oradan bir necha yil o‘tib, jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan. Shuningdek, SSSRning basketbol bo‘yicha terma jamoasi tarixidagi birinchi 2 metrli markaziy o‘yinchi bo‘lgan.

Terma jamoadagi debyuti 1962 yilda Fransiyada o‘tgan Yevropa chempionati doirasida bo‘lgan. Salimova har o‘yinda o‘rtacha 7,7 ochko to‘plagan. 1962, 1964, 1966, 1968 yillarda Yevropa chempioni bo‘lgan. Salimova jahon chempionatlarida terma jamoa uchun katta foyda keltirgan. 1964 yilda – 13,1 ochko, 1967 yilda – 16,3 ochko bilan eng yaxshi bombardir bo‘lgan va chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Klublar darajasida faqatgina Toshkent jamoalarida o‘ynagan. Sportdagi faoliyatini yakunlagach, O‘zbekiston SSR Sport qo‘mitasida instrkutor bo‘lib ishlagan.

Ravilya Salimova 1965, 1970 yillarda Universiada g‘olibi, 1961 yilda Universiada kumush medali sohibi bo‘lgan. U tarixdagi eng mashhur o‘zbek basketbolchisi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ravilya Salimova

Baholaganlar

292

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar