5 ta yangi “Temurbeklar maktabi” tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida quyidagi prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi:

•    Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Mudofaa vazirligi tarkibida);

•    Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Davlat xavfsizlik xizmati tarkibida);

•    Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Ichki ishlar vazirligi tarkibida);

•    Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Milliy gvardiya tarkibida);

•    Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida).

Qaror bilan shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

•    Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;

•    “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risidagi nizom;

•    Harbiy-akademik litseyning namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi;

•    Harbiy-akademik liyetslarga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining ro‘yxati.

Yangi shakllantirilayotgan “Temurbeklar maktablari”ga qabul va o‘qitish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Temurbeklar maktabi

Baholaganlar

520

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing