Tramp Oyga taalluqli farmonga imzo chekdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 6 aprel kuni oy va boshqa samoviy jismlardagi resurslardan tijorat maqsadida foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga oid farmonga imzo chekdi. Shuningdek, o‘z ma’muriyatini fazo insoniyatning ijtimoiy mulki, deb qarashga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi turishga chaqirdi. Hujjat matni Oq uy matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

“Amerikaliklar amaldagi qonunlarga muvofiq fazoda tijorat qilish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi kerak. Tashqi makon qonuniy va jismoniy ravishda inson faoliyati uchun noyobdir va AQSH uni jamoat mulki, deb hisoblamaydi”, deyiladi farmonda.

Hujjatda, xususan, Qo‘shma Shtatlar 1979 yilning dekabr oyida BMT Bosh assambleyasining rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan, Oy va boshqa samoviy jismlardagi davlatlar faoliyati to‘g‘risidagi bitimni tan olmasligi ta’kidlangan.

“Shu munosabat bilan, Davlat kotibi Oy va boshqa samoviy jismlarda faoliyat to‘g‘risidagi Bitimga boshqa davlat yoki xalqaro tashkilotlar odatiy xalqaro huquqni aks ettiruvchi hujjat sifatida qarashlariga qarshi turishi kerak”, deyiladi Tramp imzo chekkan farmonda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

448

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made