Abdulaziz Komilov mintaqada yechimini topish muhim bo‘lgan vazifalarga to‘xtaldi

Jamiyat

image

Bugun, 19 fevral kuni Toshkentda “Markaziy Osiyoda o‘zaro mushtaraklik: tahdidlar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov forumda nutq so‘zladi.

Abdulaziz Komilov xavfsizlik, savdo, transport, suvdan foydalanish, ta’lim va boshqa sohalarda samarali ishlovchi ko‘p tomonlama hamkorlik mintaqaning o‘ziga xos belgisi bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi.

Shu maqsadda quyidagi vazifalarning yechimini topish muhim:

Birinchidan, Markaziy Osiyoda ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlari va qoidalarini ishlab chiqish hamda muvofiqlashtirish. Davlat rahbarlari sammitlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tartibi, tashqi ishlar vazirlari hamda ekspertlar yig‘ilishlari bo‘yicha aniq jarayon belgilanishi kerak.

Ikkinchidan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish.

Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida erkin savdo rejimining to‘liq ishlashini ta’minlash, shuningdek, bojxona jarayonlarini soddalashtirish, “yashil” yo‘laklar va chegaralarimizni kesib o‘tishni yengillashtiradigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish muhim, deb bilamiz.

Uchinchidan, dengiz portlari va yangi tashqi bozorlarga qisqa muddatda kirishni ta’minlovchi mintaqalararo o‘zaro bog‘langan transport-logistika tizimini shakllantirish zarur.

To‘rtinchidan, turizm Markaziy Osiyo davlatlarida iqtisodiy rivojlanishga yangi turtki bo‘lib bormoqda.

Dunyoda mintaqani qabul qilish darajasi yaxshilangani sari, mamlakatlarimiz o‘rtasida ham mintaqa ichida, ham xalqaro darajada sayyohlik sohasida hamkorlik uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.

Beshinchidan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash muammolari bo‘yicha muzokaralar mexanizmini yaratish.

Oltinchidan, mintaqada suvdan foydalanish va ekologiya muammolarini iloji boricha tezroq hal qilishni ta’minlash.

Orol dengizi falokati bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizni muvofiqlashtirishimiz kerak.

Yettinchidan, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish.


Maqola muallifi

Teglar

konferentsiya Abdulaziz Komilov

Baholaganlar

7

Reyting

2.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing