Ahmadaliyevning kamarlari “o‘g‘irlandimi”?

Intervyu

O‘zbekistonlik professional bokschi, WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev joriy yilning 9 aprel kuni AQSHning San-Antonio shahrida o‘tkazilgan boks kechasida filippinlik tajribali Marlon Tapalesga qarshi himoya jangini o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy berdi.

Ahmadaliyev-Tapales jangi natijasi butun dunyo boks jamoatchiligining keng muhokamasiga sabab bo‘ldi. 

Ahmadaliyev-Tapales jangi to‘liq 12 raund davom etdi va ochkolar hisobiga ko‘ra o‘zbekistonlik bokschi imkoniyatni boy berdi. Qizig‘i, jang hakamlarning qarori har tarafdan chiqib qoldi, ya’ni ikki hakam 2 ochkolik farq bilan Filippin vakilining g‘alabasini qayd etgan bo‘lsa, bir hakam 8 ochkolik tafovut bilan g‘alabani o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga bergan.

Ahmadaliyevning jangi yakunlangach, yana bir o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov QALAMPIR.UZ'ga bahs bo‘yicha fikrlarini bildirgandi.

“Murodjon yaxshi jang qildi. Uni bu jangda yutdi desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi, lekin Ahmadaliyev oxirgi to‘qnashuvdagidanda kuchliroq jang qila oladi. Hakamlar adolatli qaror chiqarmadi deb o‘ylayman. Bu fikrimni ko‘pchilik tasdiqlaydi. Keyingi bahslarda Murodjondan g‘alaba kutamiz”, deydi Madrimov.

WBA yo‘nalishi jahon chempioni, professional bokschi Dmitriy Bivol ham Murodjonning jangi natijasidan hayratga tushganini ta’kidladi.

“Ochig‘ini aytsam, bu sharmandalik va bunday holatlar boks uchun katta zararga ishlaydi. Bu jangda Murodjonning aniq g‘alaba qozonganini ko‘rdim va natija e’lon  qilinganida hayratda qoldim”, deydi Bivol.

Murodjon Ahmadaliyevni bevosita qo‘llab-quvvatlash uchun AQSHga borgan murabbiy Rahmatjon Ro‘zioxunov ham jang atrofidagi holatlarga befarq qaramadi. Ro‘zioxunov Ahmadaliyev-Tapales to‘qnashuvida durang qayd etilsa ham bo‘lardi, deb aytib o‘tdi.

Xo‘sh, bu mag‘lubiyat qanday sodir bo‘ldi? Ahmdaliyevning muvaffaqiyatsizligiga asosiy sabab nima?

QALAMPIR.UZ barcha savollarga bokschining o‘zidan javob oldi. 

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev 1994 yil Namanganda tug‘ilgan. Boks prefessori To‘lqin Qilichev qo‘l ostida boks sir-asrorlarini o‘rgangan. Havaskor boksda Jahon chempionati va Olimpiada o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan. Ahmadaliyev 2018 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

professional boks Murodjon Ahmadaliev WBA IBF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing