O‘zbek kurashi Islom birdamligi sport o‘yinlariga kiritildi

Sport

Jidda1

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom birdamligi sport federatsiyasining navbatdan tashqari Bosh Assambleyasida O‘zbek kurashi Islom birdamligi sport o‘yinlariga kiritilgani rasman e’lon qilindi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ushbu yirik anjuman doirasida tashkilotga yangi prezident saylash kun tartibining asosiy masalasi edi. Saylov natijalariga ko‘ra, 2019-2021 yillar uchun tashkilot prezidenti lavozimiga shahzoda Abdulaziz Bin Turki Al Faysal Al Saud saylandi.

Assambleyada saylovdan tashqari, Milliy olimpiya qo‘mitalari va Xalqaro sport federatsiyalari o‘rtasida qator sohalarni birgalikda rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash chora-tadbirlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Unda O‘zbekiston nomidan Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etayapti.

Ahamiyatlisi, o‘zbek xalqining milliy sporti hisoblanmish Kurash endilikda Islom birdamligi sport o‘yinlari dasturiga kiritiladi. Qayd etish kerak, Kurash tobora ko‘plab kompleks sport musobaqalari dasturiga kirib bormoqda.

Dastlab 2017 yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari, keyinchalik o‘tgan yili Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kirgan Kurash endilikda Islom birdamligi sport o‘yinlari oilasi safidan joy oladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbek kurashi

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing