Hali erta – “Cotton Campaign“ o‘zbek paxtasiga nisbatan xalqaro boykotni olib tashlashni rad etdi

Jamiyat

image
Mirziyoyev agrotexnika sanoatini tanqid qildi north_east

Mirziyoyev agrotexnika sanoatini tanqid qildi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov “Cotton Campaign“ xalqaro koalitsiyasiga koronavirus keltirib chiqargan inqiroz sabab o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga qo‘yilgan boykotni olib tashlashni so‘rab maktub yo‘llagan edi. Kecha, 16 aprel kuni xalqaro koalitsiyasi ushbu maktubga javobini bildirdi.

Ta’kidlanishicha, “Cotton Campaign" vazir Husanovning o‘zbek paxtasiga bo‘lgan boykotni tugatish, islohotlarning yangi bosqichiga o‘tish, va O‘zbekiston aholisini ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ilgari surish bo‘yicha koalitsiya bilan hamkorlikda ishlashga tayyorligini olqishlaydi. Lekin, boykot masalasini ko‘rib chiqish uchun hali erta ekanligi aytilmoqda.

"Masala boykotni tugatishda emas, balki uni qachon va qanday yo‘l bilan tugatishda. Avvalambor, boykotni tugatish, isloh qilinayotgan O‘zbekistonda mehnat va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlovchi mas’uliyatli manbalar va sarmoyalar uchun katalizatorga aylanishi mumkin", deydi "Cotton Campaign" asoschisi Bennet Friman.

Koalitsiyaning ma’lum qilishicha, keng islohotlarga qaramasdan, 2019 yilda 100 mingdan ortiq odam paxta terimida ishlashga majbur bo‘lgan. Ushbu sohadagi tizim majburiy mehnat xavfini yaratishda davom etishi mumkin. Aynan shu omillar brendlar uchun O‘zbekistonda yangi shartnomalarni boshlash uchun jiddiy to‘siqlar yaratmoqda.

"Biz O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish borasida erishgan yutuqlarini tan olamiz va bundan xursandmiz. Biroq, Xalqaro mehnat tashkilotining 2019 yilda 100 mingdan ortiq odam paxta terimida majburiy mehnat sharoitida ishlagani haqidagi ma’lumotlarga ko‘ra, brendlar ishchilarni himoya qilish uchun qo‘shimcha kafolatlarga muhtoj", deydi Amerika kiyim va poyafzallar assotsiatsiyasining katta vitse-prezidenti Neyt Xerman. 

"Cotton Campaign"  yo‘l xaritasining bir qismi sifatida hukumatni erkin va jonli fuqarolik jamiyati rivojlanishiga imkon berishga chaqirdi. Bu esa oshkoralikni oshirishga yordam beradi va o‘z navbatida katta sarmoyalar uchun muhit yaratadi.

"Cotton Campaign" O‘zbekiston hukumati bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga umid qilmoqda. Koalitsiya, shuningdek, islohotlar jarayonini tugatilishini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

“Cotton Campaign“ – xalqaro tashkilot bo‘lib, uning maqsadi paxta yetishtirishda majburiy va bolalar mehnatini yo‘q qilishdir. Uning faoliyati tufayli Yevropa va AQSHning ZARA, ADIDAS kabi ko‘plab yetakchi brend va kompaniyalari o‘zbek paxtasi va to‘qimachilik buyumlarini sotib olishdan bosh tortgan.

Ma’lum qilinishicha, 2018 yilda “Cotton Campaign“ AQSHga O‘zbekistonni bolalar mehnati evaziga paxta yig‘im-terimi olib boriladigan mamlakatlarning tegishli ro‘yxatidan chiqarmaslikni so‘rab murojaat qilgan. Bunga sabab qilib 2017 yilda bolalarni paxta terimiga jalb qilish holatlari qayd etilgani ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paxta boykoti

Baholaganlar

112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar