Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohini mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 may kuni Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Mustaqillik kuni munosabati bilan Podshoh Abdulla II ibn Husayn al-Hoshimiyni tabrikladi.

Eslatib o‘tamiz, Iordaniya Qirolligi 1946-yil 25-mayda Buyuk Britaniyadan mustaqilligini e’lon qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Iordaniya o‘rtasida 1993 yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgach, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik rivojlana boshladi. 1993 yil fevralda Iordaniya shahzodasining O‘zbekistonga tashrifi va 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi ishlar va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari delegatsiyalarining Iordaniya ga rasmiy tashrifi chog‘ida savdo va iqtisodiy hamkorlik, samolyotlar qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. 1994-yildan ikki mamlakat o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari boshlandi.

2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan Iordaniya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 13,7 ming AQSH dollarini tashkil qildi. Iordaniyadan O‘zbekistonga yog‘ va moy, qandshakar, kakao, qandolat va sabzavot mahsulotlari, qora va rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, optika asboblari, mebel va boshqalar keltiriladi. O‘zbekiston tomoni turli xizmatlar ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasida Iordaniya sarmoyadorlari ishtirokidagi 14 korxona faoliyat ko‘rsatayotir, shundan 6 tasi qo‘shma korxona, 8 tasi 100 % iordan investitsiyasi bo‘lgan korxonadir. Iordaniyaning „Global Biznes“ kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida o‘z vakolatxonasini ochgan va ilg‘or texnologiyalar marketingi, savdo-sotiq hamda maslahat xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. 1996-yilda Toshkentda Iordaniya mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Unda Iordaniyaning ko‘pgina shirkatlari va ishbilarmonlari qatnashdi.

Toshkent oliy maktablarida o‘nlab iordan talabalari o‘qimoqda. Podshohlikning ko‘pgina fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida fan nomzodi dissertatsiyasini yoqlab ketgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Iordaniya

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing