55 ta tumanda bog‘ va tokzorlar xatlovdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga quyidagi vazifalar yuklandi:

- bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumanning barchasidagi mavjud bog‘ va tokzorlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish;

- o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash yuzasidan har bir tuman kesimida manzilli ro‘yxatlarni shakllantirish va tasdiqlash, bunda 2020 yil davomida yaroqsiz bog‘ va tokzorlarni, 2021-2025 yillarda esa kam hosilli, eskirgan va samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash nazarda tutiladi;

- yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etishda ular oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo‘jaligi birlashmasiga biriktirilishi, iqtisodiy jihatdan samaradorligini nazarda tutgan holda amalga oshirilishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlar, shuningdek, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yerlarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida, shu jumladan, tijorat banklari va lizing kompaniyalari orqali berish, keyinchalik ular negizida qishloq xo‘jaligi birlashmalari va meva-sabzavot klasterlari tuzish ishlarini tashkil qilishi ham belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

bog'dorchilik klaster

Baholaganlar

57

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made