Vazir maktablarda endi ortiqcha tekshirishlar bo‘lmasligini aytdi

Jamiyat

image

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov vazirlik tizimida katta islohotlarni amalga oshiradigan vaqt yetib kelganini aytib o‘tdi. Islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatiga oid bo‘lmagan turli tadbir va ishlarga jalb qilishni to‘xtatishdan iborat. Bu haqda UzA ma’lumot tarqatdi.

Vazir bildirgan fikrlarga ko‘ra, xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi hamda boshqa turdagi ishlarga jalb etish endi ta’qiqlanadi.

Oldinroq, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asos va o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish ta’qiqlangan. Natijada 2018 yilda tekshiruvlar soni 26 martaga, ish hujjatlari soni esa yettitadan uchtaga qisqardi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan mazkur hujjatlar yuritilishi belgilandi:

•    sinf jurnali;
•    yillik taqvim-mavzuiy reja;
•    kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari

Sherzod Shermatov maktablarni ortiqcha tekshirish, ularni ta’lim-tarbiyadan chalg‘itishni tanqid qildi. Vazirning ta’kidlashicha, o‘tgan yilda umumta’lim maktablarda 200 dan ziyod tekshiruv bo‘lgani ortiqcha ishdir. Vazir hozirgacha maktabning egasi ko‘pligini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xalq ta'limi vazirligi Sherzod Shermatov

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing