Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlarga hukm o‘qildi

Olam

image

2017 yilning 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan va natijada 15 kishining halok bo‘lishiga va 67 kishining jarohatlanishiga sabab bo‘lgan terakt ijrochilariga sud hukmi o‘qildi. 

Sud teraktda ishtirok etgan asosiy shaxs Abror Azimovni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda
 
Ikkinchi G‘arbiy okrug harbiy sudi Azimovni terroristik guruhga a’zolikda va do‘stlarini ushbu terroristik guruhga da’vat qilganlikda, terrorchilik harakatini amalga oshirishda, qurol-yarog‘ning noqonuniy savdosida, shuningdek portlovchi moslamalarni tayyorlashda, saqlashda va tashishda aybdor deb topdi. 

Ishdagi boshqa ayblanuvchilar 19 yildan 28 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. 

Sud Akrom Azimov, Ibrohim va Muhamadyusuf Ermatovni jinoyatlar majmuasiga ko‘ra 28 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Prokuror jarayonda ularni umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni so‘ragan edi.
 
Sodiq Ortiqov 22 yilga panjara ortiga tashlandi. Shohista Karimova, Mahamadyusuf Mirzaalimov, A’zamjon Mahmudov va Dilmurod Muidinovlarning har biriga 20 yil, Sayfulla Hakimov va Bahram Ergashevga 19 yildan qamoq jazosi tayinlandi. 

Barcha sudlanuvchilar 500 dan 800 ming rublgacha jarimaga tortildi. 

Tergovga oid hujjatlarda qayd etilishicha, Azimov Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lgan va unga do‘stlarini ham jalb qilgan. Xudkush-terrorchi Akbarjon Jalilov bilan aloqani saqlab, unga pul o‘tkazib turgan.  

Jinoiy guruh terrorchilik harakatini amalga oshirishni avvaldan rejalab, bu boradagi barcha ma’lumotlarni uyali aloqa telefonlari orqali suhbatda va internet messenjerlaridagi yozishmalarda bo‘lishganlar. 

Terrorchilik tashkiloti yetakchilari Sirojidin Muxtorov va Bobirjon Mahbubovga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish alohida ish yuritishga olinib, xalqaro qidiruvga berildi. 

Peterburg metrosining "Sennaya pload" va "Texnologicheskiy institut" bekatlari orasida vagon ichida portlash sodir bo‘ldi. Fojiada 15 kishi qurbon bo‘ldi. Shuningdek, xudkush-terrorchi Akbar Jalilov ham voqea joyida vafot etgan. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Terakt

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing