O‘zbekistonlik qizlar turklarga turmushga chiqishda reytingga kirdi

Jamiyat

image
Nodira Qodirova o‘ldirilganmi yo o‘zini o‘ldirganmi? Ekspertiza xulosalari ochiqlandi north_east

Nodira Qodirova o‘ldirilganmi yo o‘zini o‘ldirganmi? Ekspertiza xulosalari ochiqlandi

2019 yil davomida jami 1550 nafar o‘zbekistonlik qiz Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan. Shuningdek, 11 nafar o‘zbekistonlik yigit turkiyalik qizlarga uylangan. Bu Turkiya ma’muriyatining 2019 yilga oid statistik ma’lumotlarida ma’lum qilingan. 

2019 yilda mamlakat bo‘ylab 541 ming 424 ta yangi oila qurilgan bo‘lib, bu 2018 yilga nisbatan 2,3 foizga kamdir. Ajrimlar soni esa 155 ming 47 tani tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 8,0 foizga ortgan. 

Turmush qurish bilan bog‘liq statistikalar tahlil qilinganda, chet ellik kuyovlar emas, aksincha, chet ellik kelinlar soni ortganini ko‘rish mumkin. Xorijlik kelinlarning soni 2019 yilda 23 ming 264 nafarga yetgan. Chet ellik kuyovlar soni esa 4 ming 580 nafar bo‘lgan. 

Chet ellik kuyovlar bo‘yicha 31% foiz natija bilan germaniyalik kuyovlar yuqori o‘rinni qayd etgan. 16,4 foiz kuyovlari suriyalik, 6,8 foiz kuyovlar avstraliyalik bo‘lgan. 

Xorijlik kelinlar reytinggida birinchi o‘rinni suriyalik ayollar egallagan. Ular 14,5 foizni tashkil etmoqda. Ikkinchi o‘rinda 11,7 foiz bilan ozarbayjonlik qizlar turibdi. Nemis qizlari esa turklarga turmushga chiqishda uchinchi o‘rinni qayd etib, 10,5 foiz natija to‘plagan. O‘zbekiston 6,7 foiz bilan to‘rtinchi, Rossiya 5,4 foiz bilan beshinchi o‘rinni egallagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

854

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made