O‘zbekistonning Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaradosh tumanlarida Turistik axborot markazlari ochildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining ikki tumanida Turistik axborot markazlari ochildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 22 iyul kuni mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulay sharoit yaratish maqsadida Toshkent viloyatining “Oybek” va “G‘ishtko‘prik” nazorat punktlari hududida ikki Turistik axborot markazlarining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi hamda viloyat Turizm departamenti vakillari ishtirok etgan.

“Oybek” va “G‘ishtko‘prik” nazorat punktlari hududidagi Turistik axborot markazlari sayyohlarni mamlakatning turistik salohiyati, joylashuv vositalari, mashhur yo‘nalishlar va ichki marshrutlarga oid ma’lumotlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ladi.  

Shuningdek, axborot markazlarida sayyohlarga respublika hududlari haqidagi qo‘llanmalar va jurnallar ko‘rinishidagi tarqatma materiallar hamda taksi chaqirish hamda turistik sim-karta xarid qilish kabi xizmatlar ham taqdim etiladi.  

Bundan avval, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1-3-iyun kunlari Toshkent viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida qator vazifalar qo‘yilib, shulardan biri Qozog‘iston bilan chegaradosh “G‘ishtko‘prik” va Tojikiston bilan chegaradosh “Oybek” nazorat punktlari hududida Turistik axborot markazlarining yaratilishi edi.  

Mazkur topshiriqni bajarish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi va viloyatning Turizm departamenti bilan hamkorlikda Turistik axborot markazlari ishga tushirildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made