TIV Koreyaga ketayotgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Koreya Respublikasiga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, Koreya Respublikasining Karantin hamda hayvon va o‘simliklar inspeksiyasi agentligi mamlakatda Afrika cho‘chqa grippi va parranda grippi tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar doirasida joriy yilning 1 iyunidan boshlab quyidagi go‘sht mahsulotlarini mamlakatga olib kirishni taqiqlaydi:

- go‘sht va go‘sht mahsulotlari: mol, cho‘chqa va tovuq go‘shtlari,  vetchina, sosiska/kolbasa, quritilgan go‘sht, pishirilgan go‘sht, konservalar va hokazo;

- hayvon mahsulotlari: bug‘u shoxlari, suyaklar, patlar va hokazo;

- sut mahsulotlari: sut, pishloq, yog‘ va hokazo;

- tuxum va tuxum mahsulotlari: tovuq va qush tuxumlari,  tuxum oqi, tuxum kukuni va hokazo;

- uy hayvonlari uchun ozuqa, yegulik, oziq-ovqat qo‘shimchalari va hokazo.

Yuqorida qayd etilgan go‘sht mahsulotlarini Koreya Respublikasiga qonunga xilof tarzda olib kirishga harakat qilish 5 mln Koreya voni (1 dollar = 1155,57 von) miqdoridagi jarima solinishiga asos bo‘ladi.

Jarimani to‘lamaslik mamlakatga 5 yil muddat ichida qayta kirishga taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Koreya Respublikasi

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing