Poytaxt Nur-Sultonga karantin cheklovlari qaytdi

Olam

image

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonga karantin cheklovlari yana qaytdi. Bugun, 14 oktyabrdan e’tiboran, poytaxt aholisi orasida COVID-19 bilan kasallanish davom etayotgani munosabati bilan yangi cheklovlar va karantin choralari joriy etildi. 

Ular 14 oktyabrdan boshlab amal qiladi. 

Birinchidan. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat aktivlari mavjud tashkilotlar xodimlarining kamida 60 foizi masofadan turib ishlashga o‘tadi. Yopiq xonalarda faoliyat yuritadigan, xodimlari ko‘pchilikni tashkil etadigan xususiy tashkilotlar ham faoliyatini onlayn rejimda tashkil etadi.  ish rejimiga o‘tkazishlari kerak. Infeksiya tarqalishining asosiy o‘choqlari mehnat jamoalari bo‘lib qolayotgani bois joylarda qat’iy sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi belgilandi. 

Ikkinchidan. Kafe, restoran, bar, oshxona va boshqa ovqatlanish shoxobchalarining ish vaqti soat 22:00 gacha qisqartirildi (09:00 dan 22:00 gacha). Ham ish kunlari, ham dam olish kunlari restoranlar sig‘imi 30 o‘rin kishidan oshmasligi kerak.

Uchinchidan. Notariuslar, yuridik firmalar, buxgalterlar, konsalting, ko‘chmas mulk agentliklari, reklama agentliklari, sud ijrochilari, turoperatorlar va boshqalarning ish vaqti soat 18:00 gacha (09:00 dan 18:00 gacha) etib belgilandi. Ham ish kunlari, ham dam olish kunlari nooziq-ovqat tovarlari va buyumlarni savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar faoliyatiga faqat ish kunlari soat 18:00 gacha ruxsat beriladi. 

Hammomlar, hovuz va saunalar ish kunlari soat 08:00 dan 21:00 gacha, shanba va yakshanba kunlari – 09:00 dan 19:00 gacha ishlashi qat’iy belgilanmoqda. 

Yakshanba kuni jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi va avtobuslar dezinfeksiya qilinadi.

Ayni vaqtda Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 108 984 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 104 346 nafari sog‘aygan, 1 768 kishi vafot etgan. 

Ayni vaqtda Nur-Sulton shahri koronavirus tarqalishi bo‘yicha mamlakatda Olma-ota shahridan keyin, ikkinchi o‘rinda turibdi. Poytaxtda 14 213 kishi koronavirusga chalingan. 


Maqola muallifi

Teglar

Nur-Sulton Qozog'istonda karantin

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made