“Real” Chempionlar ligasi finalidan so‘ng Eriksen transferini e’lon qiladi

Sport

image

“Real Madrid” jamoasi “Tottenhem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda El Chiringuito TV xabar tarqatdi. 

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli daniyalik futbolchi Chempionlar ligasi finalidan so‘ng “qaymoqranglilar” o‘yinchisi sifatida tanishtiriladi. 

Daniyalik yarim himoyachining “Real” tarkibiga kelib qo‘shilishi borasida 2018 yilgi yozgi transferlarda ham ko‘p bora e’lon qilingan bo‘lsa-da, biroq bu amalga oshmagan edi. Aniqrog‘i, 2018-2019 yilgi mavsum uchun Peres jamoaga birorta yulduz futbolchini olib kelmagan, transfer bozorida deyarli ko‘rinmagandi. Shu sababdan avvaliga Zinedin Zidan jamoadan ketgan bo‘lsa, uning ortidan Krishtianu Ronaldu ham “Yuventus”ga o‘tib ketgandi.

“Real”ning ushbu mavsumda barcha turnirlarda kuboklardan quruq qolishi fonida Peres chorasiz qoldi va “qaymoqranglilar” muxlislari yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Zizuni yana bir bor klubga olib kelishga majbur bo‘ldi. 

Zidan esa, agar jamoaga kelsa talablari bajaralishi lozimligi haqida ma’lum qilgan va bu amalda yuz berishni boshladi. 

Allaqachon Peres otni qamchilagan. Yarim himoyada xatosiz harakat qiladigan va tinimsiz golli paslarni amalga oshiradigan Eriksen hademay klub safiga kelib qo‘shiladi. Shuningdek, fransiyalik forvard Kilian Mbappe ham “Real”ga kelishga ishtiyoqi baland.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing