Prezident Administratsiyasi xodimi gazetaga bosh muharrir bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi, shoir Salim Ashur "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasiga bosh muharrir etib tayinlandi. 

"O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gazetasining  bosh muharriri O‘ktam Mirzayor shu yilning avgust oyida esa bosh muharrirlikdan ketgandi.

Salim Ashur 1964 yilda tug‘ilgan. ToshDU (O‘zMU)ning Jurnalistika fakultetini tugatgan (1989). Dastlabki she’rlar to‘plami — "Yashil giyo" (1994). Shundan so‘ng shoirning "Atirgu" (1994), "Siz ertaga kelasiz" (1999), "Kechikkan tong" (2002), "Atalgan kunlar" (2004), "Darz" (2006) kabi she’riy kitoblari nashr etilgan.

U  Aleksandr Blok, Ivan Bunin, Afanasiy Fet she’rlaridan namunalar hamda J. P. Sartr, K. Paustovskiyning qissa va ba’zi hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Salim Ashur 2014 yildan Prezident Administratsiyasida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Salim Ashur o'zbekiston adabiyoti va san'ati

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar