Tarixiy selfi! Mirziyoyev jurnalist va blogerlar bilan

Jamiyat

photo_2019-08-26_19-50-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida jurnalist va blogerlar bilan uchrashib, suhbatlashdi.

"Sizlar bilan qadimgi sivilizatsiya beshigi bo‘lgan Samarqandda uchrashib turganimdan xursandman. Sizlar O‘zbekiston qanday buyuk tarixga ega ekanligini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rasiz va bu haqda butun dunyoga yetkazasiz. Buning uchun sizlarga rahmat. 

Eng asosiysi, ko‘p gapirish, muhokama qilish, tanqid qilish mumkin, lekin O‘zbekiston keyingi vaqtda dunyoga ochilayotgani va butun dunyoga haqiqatni ko‘rsatayotganiga o‘zingiz guvoh bo‘lmoqdasiz. Bizning maqsadimiz xalqqa xizmat qilish, xalqning farovonligini oshirish. 

Sizlarning oralaringizda o‘zimning qorako‘zlarimni ko‘rib turibman. Sizlarni ko‘rish menga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Suhbat yakunida jurnalist va blogerlar Prezident bilan tarixiy suratga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun Samaqrandda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing