2020 yil boshidan sovuq suv uchun tariflar oshirilishi kutilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda suv uchun tariflarni erkin bozor talablari asosida belgilash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish kerakligi qayd etildi. Qolaversa, toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshootlari hamda iste’molchilarni 2022 yil oxiriga qadar 100 foiz hisoblagichlar bilan ta’minlash lozimligi qo‘shimcha qilindi.

Shu maqsadda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2020 yil 1 yanvardan tariflarni xizmatlar tannarxini to‘liq qoplash va modernizatsiya xarajatlarini hisobga olgan holda belgilash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, olis va tog‘li hududlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy qilinishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, tajriba tariqasida suv va kanalizatsiya tizimini tadbirkorlarga davlat-xususiy sherikchilik asosida berish choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sovuq suv tarif

Baholaganlar

141

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made