Barcha o‘qituvchilar gidroksixloroxin va sink preparatlari bilan bepul ta’minlanyapti – XTV

Jamiyat

image
Plakvenil mojarosi: O‘zbekiston siyosiy o‘yinga aralashganmi? north_east

Plakvenil mojarosi: O‘zbekiston siyosiy o‘yinga aralashganmi?

O‘zbekistonda maktab o‘qituvchi va xodimlariga koronavirusga qarshi gidroksixloroxin xamda sink preparatlari bilan bepul tarqatilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rta ta’lim maktablarining barcha o‘qituvchilari hamda boshqa ishchi xodimlarning aksariyati maxsus laboratoriya usulida koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining “COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tibbiyot xodimlarini biriktirish va faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga ko‘ra, respublikada mavjud 9 986 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tibbiyot xodimlari, patronaj hamshiralar, tuman tibbiyot birlashmalari, davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari, hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari biriktirilgan.

Shuningdek, koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishini oldini olish va davolash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolangan va unga ko‘ra barcha o‘qituvchi va xodimlar gidroksixloroxin xamda sink preparati bilan bepul ta’minlanmoqda.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda maktabda faoliyat yuritadigan xodimlardan test olish jarayoni davom etmoqda. Test topshirish tadbirlariga qamrab olinmagan xodimlar hududlardagi xalq ta’limi boshqarmalari hamda sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, gidroksixloroxin preparatining koronavirusga qarshi foydaliligi borasida turli qarashlar mavjud bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu dori vositasi COVID-19 bemorlari uchun samarasiz ekanini aytgan. Ammo ko‘plab bahs va munozaralarga qaramay ko‘plab davlatlar, jumladan O‘zbekiston ham bu preparatni qo‘llashdan voz kechmagan.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchi XTV

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing