Ushlash, tintuv o‘tkazish va himoyadan voz kechish jarayonlari videoyozuv bilan qayd etiladi

Jamiyat

image
“YeOII a’zolikning ijobiy va salbiy jihatlari”. “Adolatchilar” kuzatuvchilikni ma’qul ko‘rishdi north_east

“YeOII a’zolikning ijobiy va salbiy jihatlari”. “Adolatchilar” kuzatuvchilikni ma’qul ko‘rishdi

Shaxsni ushlash, tintuv o‘tkazish va himoyadan voz kechish jarayonlari videoyozuv bilan qayd etilishi shart bo‘ladi. Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda ma’qullangan. Bu haqda Qonunchilik palatsi deputati Rasul Kusherboyev xabar bermoqda.

Deputatning aytishicha, loyihaga ko‘ra, endilikda shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish bilan bog‘liq jarayonlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart.

“Amaldagi tahrirda o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tarzidagi, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etilishi shart edi xolos. Endilikda protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida ushlab turish, shaxsiy tintuv yoki olib qo‘yish  bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Videoyozuv materiallari bayonnomaga qo‘shib qo‘yiladi”, deydi O‘zLiDep a’zosi Rasul Kusherboyev. 

Shuningdek, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish tarzidagi, sud esa qamoqqa olish, uy qamog‘i yoki ekspertiza o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qo‘llangani bo‘yicha ham aniqlik kiritib ketilgan. 

Shaxsga nisbatan qo‘llanilgan bunday protsessual majburlov chorasi hamda uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, shuningdek, bu haqda ish yoxud o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart. 
Amaldagi kodeks talabiga ko‘ra, shaxsga nisbatan qo‘llanilgan protsessual majburlov chorasi haqida 24 soatdan kechiktirmasdan yaqinlariga xabar qilinishi belgilangan.

Kusherboyev mazkur o‘zgarishlar inson huquqlarini ta’minlash va tergov jarayonlaridagi qonunlarga amal qilish holatining ochiqligini ta’minlashga xizmat qilishiga ishonmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing