Deputatlar majburiy mehnatga qarshi yana bir qonunni qabul qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibiga 17 ta masala qo‘yildi, deya xabar berdi "Yuksalish" umummilliy harakati.

Deputatlar "Xalqaro mehnat tashkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani (Jeneva, 2014 yil 11 iyun) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilib, uni Oliy Majlis Senatiga yubordilar.

29-sonli Konvensiyaga Bayonnoma XMTning barcha a’zolariga majburiy mehnat sababini va uning xavfini oshiruvchi omillarni aniqlash, ish beruvchilarni o‘qitish va xabardor qilish yo‘li bilan unga barham berish majburiyatini yuklaydi.

Bayonnomaning qabul qilinishi: 

•    majburiy mehnatning oldini olish, uning qurbonlarini himoya qilish va himoyalanish vositalaridan foydalanish imkonini ta’minlash bo‘yicha yangi majburiyatlarni belgilash;
•    ushbu sohadagi milliy qonunchilikni takomillashtirish;
•    XMT bilan munosabatlarda O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish va huquqni muhofaza qiluvchi xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

majburiy mehnat 29-sonli Konventsiya

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing