Samarqandda 40, 50 nafar o‘quvchisi  bor sinflar aniqlandi

Jamiyat

image

Bugungi kunda Samarqand shahrida 79 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘lib, shu yilning o‘tgan davrida xalq ta’limi tizimdagi muammolarni bartaraf etish uchun davlat byudjetidan jami 175 milliard 966 million 253 ming so‘m mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, maktablarning byudjetdan tashqari qo‘shimcha daromad topishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, muayyan amaliy natijalarga erishilgan. Xususan, o‘tgan yetti oy davomida maktablarning maxsus hisob raqamlarida 357,7 million so‘m mablag‘ jamlangan.

Sohada olib borilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar ham mavjud. Jumladan, 17, 35, 45, 51-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bitta sinfda 40, hatto 50 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.

Umumta’lim maktablarida 95 ta kompyuter sinflari, ushbu sinflarda 1ming 410 dona kompyuter mavjud. Biroq 19, 59, 74, 78-maktablarga ayni paytga qadar kompyuter sinflari berilmagan. Shuningdek, shahardagi 14 ta umumiy hamda 1 ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidagi kompyuter jihozlari 2006-2010 yillarda berilgan bo‘lib, ular texnik jihatdan eskirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing