Apple dunyo bo‘ylab barcha do‘konlarini yopdi

Texnologiya

image
Koreyadagi o‘zbekistonlik koronavirus yuqtirib oldi north_east

Koreyadagi o‘zbekistonlik koronavirus yuqtirib oldi

AQSHning dunyoga mashhur Apple korporatsiyasi koronavirus xavfi sabab butun dunyodagi do‘konlarini yopmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Tim Kukning kecha, 13 mart kuni e’lon qilgan bayonotida aytilgan. 

Bayonotda qayd etilishicha, faqat Xitoydagi do‘konlar faoliyatini odatdagidek davom ettiradi. 

Apple do‘konlarining yopilishi bilan bog‘liq qaror joriy yilning 27 martiga qadar amal qiladi. Xaridorlar esa shu kunga qadar internet-do‘kon xizmatidan foydalanishlari va buyurtma berishlari mumkin. 

Kukning ma’lum qilishicha, kecha, 13 martdan e’tiboran Xitoydagi yopilgan do‘konlarning faoliyati tiklangan. 

Do‘konlarning yopilishi bilan bog‘liq qarorni izohlarkan, Kuk shunday deydi: 

“Boshqa joylarda bo‘lgani kabi, yangi infeksiya bilan zararlanganlar soni ko‘payishda davom etmoqda. Biz jamoamiz a’zolari va mijozlarni himoya qilish uchun qo‘shimcha choralarni ko‘rmoqdamiz”.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilning 1 oktyabr holatiga ko‘ra, dunyoning 25 mamlakatida Apple’ning 509 ta do‘koni mavjud. Aksariyat do‘konlar AQSH (271), Xitoy (42), Buyuk Britaniya (38), Kanada (29), Avtraliyada (22) ishlaydi. 

Sobiq SSSR mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonda Apple’ning rasmiy chakana savdo do‘konlari mavjud emas. Kompaniya ushbu mamlakatda tovarlarni rasmiy sheriklar va internet-do‘kon orqali sotadi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida paydo bo‘lgan koronavirus bugungacha dunyoning 130 ga yaqin mamlakatiga kirib bordi. Ayni vaqtda butun dunyoda ushbu virus bilan og‘riganlar 148 922 kishini tashkil etmoqda. 5547 kishi esa ushbu xastalikdan vafot etdi. 73 710 kishi esa kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘aydi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing